Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Suares «Barsa»dan pul talab qilmoqda, Kataloniyaga yana ikki niderland kelmoqda. So‘nggi transfer xabarlari

Suares «Barsa»dan pul talab qilmoqda, Kataloniyaga yana ikki niderland kelmoqda. So‘nggi transfer xabarlari

Автор: admin

Luis Suaresning «Yuventus»ga o‘tishi aniq bo‘lib bormoqda. Marca nashrining yozishicha, urugvaylik hujumchi turinliklar bilan 2+1 shaklida shartnomaga imzo chekadi va uning maoshi barcha soliqlardan tashqari yiliga 10 million yevroni tashkil qiladi (uning kataloniyaliklar klubidagi maoshi 11,5 mln yevro edi). Italiyada soliq qonunchiligi biroz yengil bo‘lgani tufayli «Yuventus» «Barselona»dan kamroq pul sarflab turib ham, Suaresga ko‘proq maosh berish imkoniyatiga ega. Hozirda Luis Suares «Barselona» bilan amaldagi shartnomasini bekor qilish ustida ish olib bormoqda. U «Barselona»dan shartnoma muddatidan avval bekor qilinayotgani uchun 14 mln yevro undirmoqchi. O‘z navbatida «Barselona» Suares transferi uchun «Yuventus»dan pul olishga umid qilmoqda.
«Barselona» Memfis Depayning transferi bo‘yicha «Lion» bilan kelishib bo‘lgan. La Vanguardia nashri xabariga ko‘ra, transfer qiymati 25 million yevroni tashkil qilishi kutilmoqda. Hozirda muzokaralarning so‘nggi bosqichi davom etyapti va shundan so‘ng transfer rasman e’lon qilinadi. Daily Star esa, kataloniyaliklar boshqa bir niderlandiyalik yarimhimoyachi transferini hal qilganini aytmoqda. «Liverpul» a’zosi Jorjino Veynaldum 20 million yevro evaziga «Barselona»ga o‘tadi. Aytish mumkinki, Depay ham, Veynaldum ham, Niderlandiya milliy jamoasi tarkibida aynan Ronald Kuman qo‘l ostida to‘p surishgan.
«Vilyarreal» Xeronimo Рульиning transferini e’lon qildi. 28 yoshli darvozabon o‘tgan mavsumda «Real Sosedad» jamoasida to‘p surgandi. Transfer qiymati 7,5 million yevroga baholandi. Argentinalik posbon bilan shuningdek, «Everton» ham qiziqayotgandi.
Yana bir rasmiy xabar «Atalanta» rasmiy saytida chiqdi. Klub «Yuventus» markaziy himoyachisi Kristian Ромерони ijaraga olganini ma’lum qildi. Kelishuv ikki yillik bo‘lib, keyinchalik bergamoliklar 18 million yevroga futbolchini butunlay sotib olish imkoniga ega bo‘ladi.

Daily Star xabariga ko‘ra, «Vest Hem»ning braziliyalik yarimhimoyachisi Filipe Andersonga «Arsenal» qiziqish bildirmoqda. Anderson o‘tgan mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan bo‘lsa-da, yuqori salohiyatga ega hisoblanadi va Mikel Arteta ushbu hujumkor futbolchiga ishonmoqda. Anderson ikki yil oldin «Vest Hem»ga «Latsio»dan transfer qilingandi. «Vest Hem» Andersonga sotishga rozi bo‘lishi mumkinligi haqiqatga yaqin, zero londonliklar yaqinda 13,5 million yevroga Greydi Diangana bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. 22 yoshli vinger o‘tgan mavsumni «Vest Bromvich» safida o‘tkazgandi.
«Bayer» «Lion» bilan markaziy yarimhimoyachi Jeff Ren-Aделаиdaning transferi yuzasidan muzokaralarga kirishdi. 22 yoshli futbolchining narxi 30 million yevro atrofida bo‘ladi, deb xabar bermoqda GFFN. O‘tgan mavsumda havbek Fransiya chempionatida 14 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol muallifiga aylangan.
Calciomercato nashrida yozilishicha, «Vulverhempton» yarimhimoyachisi Maritanu Shabani yangi mavsumni A Seriyada boshlashi mumkin. 21 yoshli futbolchining Germaniya yoshlar jamoasidagi o‘yini «Sampdoriya» vakillarining e’tiboriga tushgan. Lekin futbolchi «Vulverhempton» safida birorta ham o‘yinda o‘ynamagan. U bir yil oldin 1,5 million yevroga «Bavariya»dan xarid qilingandi.
«Roma»ning tajribali markaziy himoyachisi Federiko Fasio faoliyatini «Kalyari» safida davom ettirishga yaqin turibdi. Sky Sports xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishib bo‘ldi va yaqin kunlarda transfer rasman ma’lum qilinadi. 33 yoshli futbolchi uchun 2,5 million yevro va yana bir qator bonus summalar to‘lanishi ko‘zda tutilgan.
«Inter» «Jenoa»dan hujumchi Andrea Пинамонтини qayta sotib olishi mumkin, deb yezadi FCInternews. Kelishuvga ko‘ra, qayta sotib olish narxi 20 million yevroga baholangan edi. 21 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda 32 o‘yinda maydonga tushdi va 5 gol urib, 2 marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi.
«Byornli» himoyachisi Jeyms Tarkovski uchun «Vest Hem» 20 million funtdan voz kechishga tayyor, deb xabar bermoqda The Telegraph. Avvalroq «Byornli» kamroq summadagi taklifni rad etishgan, ammo David Moyes Tarkovskini asosiy transfer nishoni sifatida ko‘rishda davom etmoqda. Himoyachi o‘tgan mavsumni juda yaxshi o‘tkazgan va hatto APL ramziy terma jamoasiga ham kiritilgan.
«Roma»ning Kris Smollingни qo‘lga kiritish ehtimoli yana pasaydi. GDS xabarida keltirilishicha, «Manchester Yunayted» rimliklarning dastlabki so‘rovini javobsiz qoldirgan. Bunday holat odatda transfer summasini oshirish uchun qilinadi. Kris bo‘yicha «Roma» va «Manchester Yunayted» o‘tgan mavsum so‘nggida ham muzokaralar qilishgan, ammo aynan transfer summasi bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelinmagandi. Ma’lumki, Kris Smolling so‘nggi mavsumni aynan «Roma» safida ijarada o‘tkazdi va juda yaxshi taassurot qoldirgandi. 
77   
Добавить комментарий
Ваше имя: *