Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Ana xolos! "Inter" zo‘rg‘a erishgan futbolchisini sotib yubormoqchi

Ana xolos! "Inter" zo‘rg‘a erishgan futbolchisini sotib yubormoqchi

Автор: admin

Konte shuni xohlamoqda.
"Inter" rahbariyati qishki transferlar oynasi davrida "Tottenxem"dan xarid qilingan Kristian Eriksenni sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqida "Daily Mail" nashri xabar tarqatmoqda. 
Manbaning ma’lum qilishicha, "nerradzurilar" bosh murabbiyi Antonio Kontening shaxsan o‘zi bu qarorga kelgan. Daniya terma jamoasi a’zosi murabbiyning taktik talablariga javob bera olmagani sabab, ortda qolgan yarim mavsumning asosiy qismini zaxirada o‘tkazdi.
Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlash oldidan jamoadan keraksiz futbolchilarni tozalashni maqsad qilgan.
69   
Добавить комментарий
Ваше имя: *