Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Milan" hamda "Valensiya"ning e’tibori bir futbolchiga tushdi

"Milan" hamda "Valensiya"ning e’tibori bir futbolchiga tushdi

Автор: admin

U kimga nasib etadi?
"Valensiya" va "Milan" klublari "Fiorentina" himoyachisi Xerman Petstselya uchun kurash boshladi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “ko‘rshapalaklar” ham, “rossonerilar” ham 29 yoshli argentinalik futbolchini shu yozgi transferlar davridayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Binafsharanglilar” esa uni 15 mln evroga baholamoqda. Xaridor jamoalar esa Xermanni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishmoqchi.
Petstselya “Fiorentina” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 104 ta bahsda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *