Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Suares 7 sentyabr kuni italyan tilidan imtihon topshiradi

Suares 7 sentyabr kuni italyan tilidan imtihon topshiradi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Luis Suares Barselona shahrida italyan tilidan imtihon topshirishga tayyorlanmoqda, deb yozadi Football Italia.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli urugvaylik forvard bu orqali «Yuventus»ga o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda. 
Suares Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakat futbolchisi bo‘lmaslik uchun Italiya pasportini olishi kerak. Luis bunga erishishi mumkin, chunki uning rafiqasining kelib-chiqishi italyanlarga mansub.
Imtihon ertaga, 7 sentyabr kuni Barselonadagi Italiya elchixonasida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Suares «Yuventus» bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Ma’lum bo‘lishicha, «Barselona» o‘yinchisi bilan shartnomani bekor qilgani uchun 14 mln yevro to‘laydi. Chunki Turin klubi hujumchi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolamoqchi.
Suares «Barselona»da 2014 yildan beri harakat qiladi. U o‘tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 36ta o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol urgan va 10ta golga hammualliflik qilgan.
80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *