Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Leonardo Ronaldu va Messidan keyingi eng yaxshi o‘yinchilarni aytdi

Leonardo Ronaldu va Messidan keyingi eng yaxshi o‘yinchilarni aytdi

Автор: admin

«PSJ» sport direktori Leonardo fransuz klubi hujumchilari Kilian Mbappe va Neymarni «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» sardori Lionel Messidan keyin dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari deb bilishini aytdi. 
«Biz Neymar va Mbappe bilan ishlashda davom etmoqchimiz. Bu hamma uchun tushunarli. Ushbu ikki futbolchining bitta jamoada bo‘lishi juda yaxshi. Bizda Messi va Ronaldudan keyingi o‘rinda turuvchi dunyoning eng yaxshi ikki o‘yinchisi bor», – deya Leonardoning so‘zlarini keltiradi Canal+.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» o‘tgan mavsumda Fransiya chempionligi, Fransiya Kubogi va Liga Kubogini qo‘lga kiritdi. Chempionlar Ligasida esa finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda «Bavariya»ga (0:1) imkoniyatni boy berdi.
54   
Добавить комментарий
Ваше имя: *