
Germaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Toni Kroos Millatlar Ligasi doirasida Shveysariyaga (1:1) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
«Afsuski, o‘yin Ispaniya (1:1) bilan o‘tgan bahsga o‘xshab qoldi. Biz raqiblarning tajovuzkor pressingidan chiqishni yaxshiroq bajarishimiz kerak. Bu borada ishlashimiz zarur. Bizga bosim ostida ham to‘pni ushlab tura
oladigan futbolchilar kerak.
Hujumda juda ko‘p marta to‘p yo‘qotyapmiz, bu esa gol o‘tkazib yuborishimizga olib kelmoqda. 6 ochkolik imkoniyatdan 2 ochko olganimiz biroz xafa qildi», – deya Kroosning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.