Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Mbappe: «PSJ» yangi o‘yinchilar sotib olishi kerak»

Mbappe: «PSJ» yangi o‘yinchilar sotib olishi kerak»

Автор: admin

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe jamoa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishi uchun yangi o‘yinchilar sotib olishi kerakligini aytdi.
«Albatta, Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lishimizga umid qilaman. Bunga ishonishimiz kerak. Chunki  o‘zizmiz ishonmasak, hech kim ishonmaydi. Bu futbol va shu bilan yashash kerak. Ko‘p jamoalar finalda mag‘lub bo‘lishdi va bir yildan so‘ng g‘alaba qozonishdi. Shubhasiz, «PSJ» finalgacha o‘sdi. Ilgari faqat chorakfinalga chiqqan bo‘lsak, endi bu to‘siqni yengib o‘tdik.
Yangi futbolchilar sotib olishimiz kerak. Umid qilamanki, bizda yuqori darajali yangi o‘yinchilar bo‘ladi va ular bilan kelasi mavsumda ko‘proq yutuqlarga ishonamiz», – deya Mbappening so‘zlarini keltiradi Telefoot.
Eslatib o‘tamiz, Parij klubi 2019/20 yilgi YeCHL finalida «Bavariya»ga (0:1) mag‘lub bo‘ldi.
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *