Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Siti»ning ikki futbolchisida koronavirus aniqlandi

«Manchester Siti»ning ikki futbolchisida koronavirus aniqlandi

Автор: admin

«Manchester Siti» klubi o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, jamoaning ikki nafar futbolchisi koronavirus yuqtirib olganlik tashxisi qo‘yilgan.
Klub rasmiy saytining yozishicha, COVID-19 infeksiyasi jazoirlik yarimhimoyachi Riyod Mahrez va fransiyalik himoyachi Emerik Laportda aniqlangan. Futbolchilarning test natijasi manfiy chiqqan bo‘lsa-da, kasallik alomatlari sezilmagan. Ikki futbolchi ham APL qoidalariga ko‘ra, alohida nazoratga olingan holda davolanish muolajalarini o‘tkazadi. 
Ma’lumot uchun, Mahrez va Laport 2018 yildan buyon «Manchester Siti» safida to‘p surib kelishmoqda. 
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti»ning Angliya Premer-ligasi 1-tur doirasidagi o‘yini boshqa sanaga ko‘chirilgan bo‘lsa, Gvardiola jamoasi 2-turda 21 sentyabr kuni «Vulverhempton» klubi mehmoni bo‘ladi.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *