
«Barselona» klubi rahbariyati va bosh murabbiy Ronald Kumanning maydon markazini kuchaytirish masalasida fikri bir joydan chiqmayapti.
Mundo Deportivo’ning yozishicha, niderlandiyalik murabbiy «Liverpul»dan milliy jamoadagi sobiq shogirdi Jorjino Veynaldumni taklif qilmoqchi, Kataloniya klubi rahbariyati esa «Bavariya»dagi kataloniyalik yarimhimoyachi Tiago Alkantarani ortga qaytarmoqchi. Qayd etilishicha, klub bu borada Kumanga bosim o‘tkazishga harakat qilgan.
«Barsa» Alkantaraning vakillari bilan gaplashib, uni «Barsa»ga qaytarish ishlarini boshlagan. Tiagoga «Liverpul» ham da’vogar sanaladi. «Bavariya» qaysi klub ko‘proq transfer puli taklif etsa, futbolchini o‘sha jamoaga qo‘yib yubormoqchi.