Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Real” transfer bozorini “portlatadi”

“Real” transfer bozorini “portlatadi”

Автор: admin

Kutilmagan yangilik
“Real” pandemiya tufayli joriy transferlar bozorida ishtirok etmasligini ma’lum qilgan. Biroq, madridliklar kelasi yili juda katta transferlarni amalga oshirish uchun hozirdan tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Qirollik klubi” rahbariyati kelasi yozdagi ikki transferga qariyb 300 million evro ajratganini ma’lum qildi.
“Real” yozda Kilian Mbappe va Erling Xolandni olishni maqsad qilgan. “Borussiya” norvegiyalik hujumchi bilan tuzgan shartnomasida uning 75 million evro miqdoridagi badal puli belgilangan bandi 2021 yildan amal qilishi qayd etilgan. Madridliklar o‘sha muddat kelishi kutmoqda.
“Qirollik klubi” dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblangan Kilian Mbappe uchun PSJga 200 million evro taklif qilmoqchi. Keyingi mavsum yakunida Mbappening PSJ bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoladi. Agar frantsiyalik hujumchi yangi bitimni imzolamasa, “Real” Mbappeni 200 million evrodan arzonga ham qo‘lga kiritishi mumkin.   

Mbappe ham, Xoland ham o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan va muntazam ravishda chempionlik va Chempionlar ligasida g‘olib chiqishda katta tajribaga ega buyuk klublarda to‘p surishni orzu qiladi.
124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *