
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi nihoyat dushanba kuni Kataloniya jamoasi ixtiyoriga qaytib keldi, deb yozmoqda RAC1.
Manbaning xabar berishicha, ta’tildan keyin Lionel Messi Ronald Kuman qo‘l ostidagi bugungi ilk mashg‘ulotiga hammadan avval birinchi bo‘lib yetib kelgan. U yakshanba kuni uyida koronavirusga test topshirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Messi «Barselona»dan ketishini e’lon qilgach, klub futbolchi uchun 700 million tovon puli talab qilgandi. Oxir-oqibat klubi bilan sudlashishni istamagan Messi boshqa jamoalarning qiziqishiga qaramay, yana bir mavsum Kataloniyada qolishini e’lon qildi.