
Moskvaning «Lokomotiv» klubi RPLdagi qisqa tanaffusdan foydalanib, Rossiya yoshlar jamoasiga (U19) qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Quvonarlisi, ushbu bahsda o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jasur Jaloliddinov nihoyat «Lokomotiv» safida debyutini o‘tkazdi. O‘yinda «temiryo‘lchilar» 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. «Loko»ning yagona goli Fransua Kamano nomiga yozildi.
Ushbu uchrashuvda Jasur Jaloliddinov asosiy tarkibda maydonga tushib, 62-daqiqada o‘rnini Tugaryovga bo‘shatib berdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. 7 sentyabr«Lokomotiv» (Moskva) —Rossiya U19 — 1:3 (0:2)Gollar: Kamano (14) — Sevikyan (41), Litvinov (45), Lissov (77, avtogol)
«Lokomotiv» (asosiy tarkib): Kochenkov, Jivoglyadov, Lissov, Raykovich, Lisov, Magkeyev, Kulikov, Ribchinskiy, Jaloliddinov, Kamano, Eder.
Ma’lumot uchun, Rossiya Premer-ligasi 6-turidan keyin 8 ochko jamg‘argan «Lokomotiv» 8-o‘rinda bormoqda. Jaloliddinov jamoasi keyingi turda 14 sentyabr kuni safarda Eldor Shomurodov to‘p surayotgan «Rostov» mehmoni bo‘ladi.