
U endi Angliyada o‘ynaydi.
Shotlandiyalik hujumchi Rayan Freyzer "Nyukasl" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
26 yoshli futbolchi “qarg‘alar” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi va 2025 yilgacha shartnoma imzoladi.
Freyzer faoliyati davomida "Aberdin", "Bornmut" va "Ipsvich" klublarida to‘p surgan. Shotlandiya terma jamoasi safida esa 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgan.