
2004-2009 yillar oralig‘ida «Barselona»da o‘ynagan sobiq hujumchi Samyuel Eto'O kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi, yarimhimoyachisi Serxio Buskets va «Real» vingeri Eden Azar haqida fikr bildirdi.
«Messi men uchun xuddi o‘g‘limdek. Uning jamoada qolganidan xursandman.
Klubga «Barselona» uslubida «tiki-taka» o‘ynay oladigan katta futbolchilar kerak. Men buyuk Serxio Buskets yana o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etishini istardim. «Barselona» o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanida har doim sovrinlar yutadi.
![]()
Eden Azar? U – Lionel Messi darajasidagi futbolchi», – deya Eto'Oning so‘zlarini keltiradi AS.
![]()
Ma’lumot uchun, Messi va Buskets «Barselona» tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. Ular klub bilan 8 bor La Ligada, 3 bor Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lishgan.
Eden Azar «Real»ga 2019 yil yozida «Chelsi»dan o‘tgan.