Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kroos: «Zidan – eng yaxshi murabbiy. 6 yilda 3 bor YeCHLni yutishni kutmagandim»

Kroos: «Zidan – eng yaxshi murabbiy. 6 yilda 3 bor YeCHLni yutishni kutmagandim»

Автор: admin

«Real» yarimhimoyachisi Toni Kroos «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Zinedin Zidan haqida fikr bildirdi.
«Zidanning futbolchi bo‘lgani unga katta yordam beradi. U «Real» o‘yinchisi bo‘lish nimaligini yaxshi biladi va bilimlarini mukammal qo‘llaydi. 
U, shuningdek, yulduzlar jamoasini boshqarishda nihoyatda mohir. Zidan hamma narsani nazorat ustida ushlab turadi, har bir futbolchiga teng munosabatda bo‘ladi va bizni g‘oliblikka yetaklaydi. U – biz xohlagan eng yaxshi murabbiy.
To‘g‘risi, xorijda o‘ynashni jiddiy tarzda xohlamaganman. Hammasi o‘z-o‘zidan paydo bo‘ldi. 2014 yilda «Bavariya» bilan kelisha olmadik, keyin «Real»ga keldim. 
Madridga yangi jahon chempioni sifatida kelish baxtiga muyassar bo‘ldim. Ammo bu yerda 6 yil ichida 3 bor Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lishni kutmagandim», – deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Blick.
Ma’lumot uchun, «Real» o‘tgan mavsumda fransiyalik mutaxassis qo‘l ostida La Ligadagi 34-chempionligiga erishdi, Chempionlar Ligasida esa 1/8 finalda «Manchester Siti»ga (1:2, 1:2) imkoniyatni boy berdi.
77   
Добавить комментарий
Ваше имя: *