Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Depay "Barselona"ga o‘tishi haqida gapirdi

Depay "Barselona"ga o‘tishi haqida gapirdi

Автор: admin

U ham ko‘p narsani bilmaydi.
"Lion" yarim himoyachisi Memfis Depay "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
“Men dastlab “Lion” rahbariyati bilan uchrashaman va shundan so‘ng nima bo‘lishini ko‘ramiz. “Barselona” tomonidan qiziqish borligini bilaman, ammo bu borada ortiq hech narsa gapira olmayman, chunki ko‘p narsani bilmayman”, - deydi gollandiyalik futbolchi.
Bundan avvalroq kataloniyaliklar Depay uchun 25 mln evro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Memfis o‘tgan mavsum “Lion” safida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 15 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 44 mln evroga baholanmoqda.
105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *