Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Atalanta" RPLdan yana bir futbolchi sotib olmoqchi

"Atalanta" RPLdan yana bir futbolchi sotib olmoqchi

Автор: admin

Unga "Inter" ham qiziqmoqda.
TsSKA yarim himoyachisi Nikola Vlashich "Atalanta"ning transfer nishoniga aylandi.
Rossiyalik jurnalist Vasiliy Konovning yozishicha, bergamoliklar argentinalik xavbek Alexandro Gomesni sotib yuborishi bilanoq, o‘rniga aynan Vlashichni olib kelmoqchi. 32 yoshli Gomesga esa Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi jiddiy xaridor bo‘lmoqda.
Vlashich TsSKA safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 73 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 24 ta gol hamda 16 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Xorvatiyalik futbolchi "Atalanta" uchun RPLdan sotib olingan ikkinchi o‘yinchi bo‘lishi mumkin. A Seriya klubi bundan avvalroq “Lokomotiv” Moskvadan Aleksey Miranchukni sotib olgan edi.
89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *