Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Dzanetti: «Moliyaviy feyr-pley sababli Messini «Inter»ga taklif eta olmasdik»

Dzanetti: «Moliyaviy feyr-pley sababli Messini «Inter»ga taklif eta olmasdik»

Автор: admin

«Inter» klubi vitse-prezidenti Xaver Dzanetti «Barselona» forvardi Lionel Messining Milan klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
«Messi «Inter»ga o‘tishi mumkinmidi? Yo‘q. Biz moliyaviy jihatdan shunday vaziyatda edikki, kimnidir sotib olishdan avval, shunga yarasha futbolchilarimizni sotishimiz kerak edi. UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilishimiz shart edi. Shu bois bu ishga qo‘l ura olmasdik. Klub bu qoidani chetlab o‘tolmasdi.
Messi istalgan joyda yaxshi o‘yin namoyish eta oladigan futbolchi. Ammo uning uchun pullar ikkinchi darajali. Gap oila, bolalar, yaqinlaring haqida ketganida xohishingga qarshi borishga majbur bo‘lasan», – deydi Dzanetti Sky Sports’ga.
Avvalroq, «Inter» klubi Messi uchun asosiy da’vogar klublaridan biri sifatida keltirilgan, futbolchining otasi milanliklar rahbariyat
83   
Добавить комментарий
Ваше имя: *