Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Real” La Liga tarixida ilk bor chempionlik nishoni bilan maydonga tushadi

“Real” La Liga tarixida ilk bor chempionlik nishoni bilan maydonga tushadi

Автор: admin

“Real” libosida jamoa La Liganing amaldagi chempioni ekanini anglatuvchi maxsus belgi bo‘ladi. Bu haqda La Liga rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Bunaqasi madridliklar klubi tarixida ilk bor kuzatiladi. O‘yinchilar Ispaniya chempionatining 2020/21-yilgi mavsumidagi barcha o‘yinlarda o‘z libosida mazkur nishon bilan harakat qiladi.
Bu tashabbusni La Liga ikki yildan beri ilgari surib keladi. “Barselona” 2017/18 va 2018/19-yilgi mavsumlarda sovrinni qo‘lga kiritdi. Katalon klubi ushbu nishondan foydalangan ilk jamoaga aylangandi.
Yangi belgi bilan “Real” futbolchilari ilk bor Primera 2-turi doirasida doirasida kechadigan 20-sentabr kungi “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yinda harakat qiladi. “Qaymoqranglilar” 1-turni Yevrokuboklardagi ishtirok sabab berilgan qo‘shimcha ta’til sabab keyinroq o‘tkazadi.
83   
Добавить комментарий
Ваше имя: *