Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Inter» Aleksandr Kolarov transferini e’lon qildi

«Inter» Aleksandr Kolarov transferini e’lon qildi

Автор: admin

Rimning «Roma» klubi va Serbiya milliy jamoasi futbolchisi Aleksandr Kolarov «Inter» klubi safiga o‘tdi. Bu haqda milanliklar rasmiy sayti xabar berdi.

Serbiyalik chap qanot himoyachisining «Inter»ga transfer summasi ma’lum qilinmagan. Avvalroq, Kolarov uchun «Inter» Rim klubiga bonuslar bilan birga 1,5 million yevro miqdordagi mablag‘ to‘lashi haqida xabar qilingan edi. 
34 yoshli himoyachi «Inter» klubi bilan «1+1» ko‘rinishidagi shartnomaga imzo chekkan.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Kolarov yakunlangan mavsumda A Seriyada 32 o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol muallifiga aylangan.
82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *