Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman Messiga qanday o‘ynash kerakligini o‘rgatmoqda

Kuman Messiga qanday o‘ynash kerakligini o‘rgatmoqda

Автор: admin

Messi 20 yillik o‘yin uslubini o‘zgartiradi
Ronald Kuman bosh murabbiy sifatida Lionel Messiga maydonda qanday o‘ynash kerakligini o‘rgatmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, niderlandiyalik mutaxassis yangi mavsumda 4-2-3-1 sxemasini qo‘llamoqchi. Bu taktikada Lionel Messi o‘zi o‘rganganidek istagan joyida erkin o‘ynay olmaydi. U o‘ng qanot hujumchisi vazifasini bajarishiga to‘g‘ri keladi.
Kuman Messining o‘yin davomida faqat hujumga e’tibor qaratishi uchun yarim himoyaga qaytmasligi va jamoadoshlaridan to‘p kutishi kerakligini uqtirmoqda. Odatda, argentinalik hujumchi maydonning raqib tomonidan to‘pni olib, oldinga intilardi. Yangi taktika bo‘yicha u o‘yin tizginini o‘z qo‘lida ushlab turolmaydi, balki pleymeyker va yarim himoyachilarga qaram bo‘lib qoladi.
113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *