Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Everton" "Chelsi" futbolchisini ijaraga olmoqchi

"Everton" "Chelsi" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Автор: admin

U ko‘proq o‘ynashi kerak.
“Everton” rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish ustida ishlashda davom etmoqda.
ESPN nashrining yozishicha, “irischilar”ning bu safargi e’tibori “Chelsi” himoyachisi Fikayo Tomoriga tushgan. Ular 22 yoshli futbolchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda. “Everton” Tomori uchun kurashda “Renn” va “Nyukasl” klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
“Chelsi”ga braziliyalik tajribali himoyachi Tyagu Silva ko‘chib o‘tgach, Tomorining yangi mavsumda asosiy tarkibga kirishi yanada qiyinlashdi.
“Chelsi” Fikayo bilan qishda amaldagi shartnomani 5 yilga uzaytirgan edi. Londonliklar ustozi Frenk Lempard ham kelajakda uni jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lishiga ishonmoqda. Ammo Lempard hozircha unga muntazam o‘yin amaliyoti zarur deb hisoblamoqda.
96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *