Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Tonali «Milan»ga qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Tonali «Milan»ga qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Breshiya» yarim himoyachisi Sandro Tonali chorshanba kuni ertalab tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va «Milan» bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda "Tuttomercatoweb" va "Sportitalia" nashrlari xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, "rossoneri" 20 yoshli futbolchini dastlab 10 mln. yevro evaziga ijaraga olib, kelasi mavsumda 15 million yevroga sotib oladi. Shuningdek, "yangi Pirlo"ning keyingi transferidan breshiyaliklar yana 10 million yevro miqdorida bonus olishi ko‘zda tutiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» Sandro uchun kurashda «Inter», «Yuventus», «Barselona» va «PSJ»ni ortda qoldirdi. Jumladan, kataloniyaliklar futbolchi uchun 60 million yevro taklif qilishgan edi.

Tonali mavsum-2019/20da A seriya doirasida 23ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi. Uning «Breshiya» bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Manba: sport24.ru
81   
Добавить комментарий
Ваше имя: *