×

Goal24.uz » Jahon » Odil Ahmedov «Shanhay SIPG»dan ketdi. U faoliyatini Xitoyning boshqa jamoasida davom ettiradi

Odil Ahmedov «Shanhay SIPG»dan ketdi. U faoliyatini Xitoyning boshqa jamoasida davom ettiradi

Автор: admin

Xitoyning «Shanxay SIPG» klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov uch yillik faoliyatidan keyin klubi bilan xayrlashgan. Bu haqda futbolchining o‘zi Goal24.uz saytiga ma’lum qildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Shanxay klubini tark etish sabablarini hozircha ma’lum qilmadi. Odil Ahmedov Xitoy Superligasining boshqa bir klubi - «Tyanszin Teda» jamoasi safiga o‘tishi kutilmoqda. 
32 yoshli yarimhimoyachimiz «Shanxay SIPG» klubi safidagi so‘nggi tur o‘yinida maydonga tushmagan va natijada klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni qarshi olgandi. «Shanxay SIPG» klubi Xitoy Superligasi 9-turidan keyin 8 jamoa joy olgan «V» guruhida 20 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov joriy mavsumda klubi safida 8 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.
82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *