Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Koutinoning agenti: «Barcha belgilar «Barselona»ning falsafasi tubdan o‘zgarishiga ishora qilmoqda»

Koutinoning agenti: «Barcha belgilar «Barselona»ning falsafasi tubdan o‘zgarishiga ishora qilmoqda»

Автор: admin

«Barselona»ning 28 yoshli yarimhimoyachisi Filippe Koutinoning agenti Kia Jurabchian Kataloniya klubining kelajagi haqida gapirdi.
«Kuman Koutinoga Chempionlar Ligasi finalining ertasi kuniyoq qo‘ng‘iroq qildi va unga ishonishini, «Barsa»ga qaytishini kutayotganini aytdi. U 7 sentyabrda qaytishi kerak edi, ammo muddatidan oldin yetib keldi. Chunki u kayfiyatini va jismoniy holatini yo‘qotishni istamadi. Shu sababli darhol mashg‘ulotlarga kirishdi.

Barcha belgilar «Barselona»ning falsafasi tubdan o‘zgarishiga ishora qilmoqda. Yangi mavsumda Koutino, Dembele va Grizmann kabi futbolchilar jamoaning bir qismi bo‘lishadi», – deya agentning so‘zlarini keltiradi TalkSport.
Eslatib o‘tamiz, Koutino o‘tgan mavsumni «Bavariya»da ijarada o‘tkazdi va myunxenliklar bilan treblga erishdi, YeCHL chorakfinali doirasida «Barselona»ga (8:2) 2ta gol urdi.
84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *