Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Grizmann «Barselona»dagi kelajagi haqida gapirdi

Grizmann «Barselona»dagi kelajagi haqida gapirdi

Автор: admin

«Barselona» va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Kataloniya klubidagi kelajagi haqida gapirdi.
«Kelajagimni «Barselona»da ko‘rayapmanmi? Albatta. To‘g‘risi, kimlardir men uchun yangi klublarni o‘ylab topib, qachonlardir o‘sha jamoaga o‘tishim haqidagi farazlari to‘g‘ri kelishi yoki yo‘qligi haqida xayol sursa kerak. 
Kataloniya klubida o‘zimni juda yaxshi his qilayapman, klub va murabbiyning ishonchini doim sezaman. Shunday ekan hammasi joyida. To‘g‘ri o‘tgan mavsum biz uchun juda qiyin o‘tdi, endi hammasini boshidan boshlashga tayyorlanayapmiz», - deya Grizmanning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.
Ma’lumot uchun, Antuan 2019/2020 yilgi mavsumda jami 48 o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *