Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Perishich «Bavariya»ni tark etadigan bo‘ldi

Perishich «Bavariya»ni tark etadigan bo‘ldi

Автор: admin

Huquqiy jihatdan «Inter» klubiga tegishli bo‘lgan, yakunlangan mavsumni ijara asosida «Bavariya» safida o‘tkazgan Ivan Perishich Italiyaga qaytadigan bo‘ldi. Bu haqda myunxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik xabar bergan.
Taniqli jurnalist Janluka Di Marsioning yozishicha, nemis klubi 31 yoshli xorvatiyalik yarimhimoyachini sotib olish uchun Milan klubiga 12 million yevro taklif qilgan. Biroq «Inter»ni bu narx qoniqtirmagan, «Bavariya» esa taklifni oshirmaslikka qaror qilgan. Natijada hujumkor yarimhimoyachi A Seriyaga qaytishi ma’lum bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Perishich o‘tgan mavsumda Bundesligada 22 o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assistga mualliflik qilgan. Ivan Myunxen klubi safida treblga erishdi.
95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *