Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Reyting: «Barselona» YouTube’da 10 million obunachiga ega bo‘lgan birinchi klubga aylandi

Reyting: «Barselona» YouTube’da 10 million obunachiga ega bo‘lgan birinchi klubga aylandi

Автор: admin

«Barselona» YouTube portalida eng ko‘p obunachiga ega bo‘lgan sport klubiga aylangani haqida e’lon qildi.
Klub rasmiy saytining yozishicha, Kataloniya jamoasining tarmoqdagi rasmiy videoxostingi 10 million nafar obunachiga ega bo‘lgan ilk futbol klubiga aylandi. 
Jahon sportida faqatgina MBAning YouTube’dagi tarmog‘ida obunachi ko‘proq – 14,8 million kishi.
Qayd etilishicha, tez orada YouTube «Barselona» klubiga 10 million obunachidan iborat Diamond Creator Award maxsus sovrinini topshiradi. Klub videolavhalari hozirgacha 65 million soat davomida tomosha qilingan.
«Barselona»ning eng ko‘p obunchalari AQSH, Ispaniya, Braziliya, Indoneziya va meksikalik muxlislar sanalishadi. 
Quyida Youtube tarmog‘ida eng ko‘p obunachiga ega bo‘lgan 10 klub:
1. «Barselona» – 10 million obunachi
2. «Real» – 5,92 
3. «Flamengo» – 5,55
4. «Liverpul» – 4,98
5. «Manchester Yunayted» – 3,21
6. «Yuventus» – 2,88
7. «Manchester Siti» – 2,72
8. «PSJ» – 2,56
9. «Chelsi» – 2,1
10. «Arsenal» – 1,96. 
Ma’lumot uchun, 10 yil oldin «Barselona»ning video tarmoqdagi obunachilari soni 100 ming nafardan kamroq edi.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey