
«Barselona» hujumchisi Luis Suares klubni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarni izohladi.
![]()
Urugvaylik hujumchi «instagram»dagi sahifasida «Barselona» mashg‘ulotida ishtirok etayotgan suratini joylab, «Feyk (yolg‘on) xabarlar chiqayotgan bir paytda men...», deya izoh qoldirgan.
33 yoshli hujumchi bugun, 9 sentyabr kuni Messi bilan birga Ronald Kuman qo‘l ostida mashg‘ulotlarda ishtirok etgan.
Avvalroq, niderlandiyalik murabbiy Suaresga ishonch bildirmayotgani bois, hujumchining «Yuventus» safiga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi.