Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» Beyl boshqa klubga o‘tsa, uning maoshining yarmini to‘lashga tayyor

«Real» Beyl boshqa klubga o‘tsa, uning maoshining yarmini to‘lashga tayyor

Автор: admin

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachi Garet Beyldan qutulmoqchi, deb yozadi The Telegraph.
Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» 31 yoshli uelslik boshqa jamoaga o‘tgan taqdirda uning maoshining yarmini to‘lashga tayyor. Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan. Agar vinger boshqa jamoaga o‘tsa, «qaymoqranglilar» 2 yil davomida uning maoshining yarmini to‘lab borishga rozi. Garetning yillik maoshi 17 mln yevroni tashkil etadi.
Beylga APLning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. U o‘tgan yili jamoasini o‘zgartirishga tayyorligini bildirgan, ammo «Real» uni qo‘yib yubormagandi.
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *