×

Goal24.uz » Jahon » Falkao faoliyatini Bekxemning klubida yakunlamoqchi

Falkao faoliyatini Bekxemning klubida yakunlamoqchi

Автор: admin

Yana bir tajribali futbolchi okean ortiga yo‘l oladi.
"Galatasaray" klubi forvardi Radamel Falkao faoliyatidagi so‘nggi klubi haqida gapirdi:
"Meni "Galatasaray" bilan yana 2 yillik shartnomam bor. Biroq ko‘plab vatandoshlarim harakat qiladigan klubda faoliyatimni yakunlashni istayman. "Inter" Mayamida men tajribamni bo‘lishishim mumkin bo‘lgan yosh futbolchilar etarli. Shunday bo‘lsa-da, kelajagim haqida o‘ylaganimda o‘zimni murabbiy sifatida ko‘rmayman. Menga ko‘proq sport direktori yoki agent bo‘lish qulayroq bo‘lardi".
Kolumbiyalik hujumchi 2019 yil sentyabr oyidan beri turkiyaliklar safida harakat qiladi. Falkao bu vaqt oralig‘ida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 10 bor raqiblar postiga yo‘l topa olgan.
75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *