Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Suares «Yuventus» bilan muzokaralarni to‘xtatdi

Suares «Yuventus» bilan muzokaralarni to‘xtatdi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Luis Suares «Yuventus»ga transferi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi, deb yozadi Sport.es.
Manbada aytilishicha, 33 yoshli urugvaylik futbolchi Turin klubiga o‘tishning to‘g‘riligiga shubha qilmoqda va bu uning faoliyatidagi so‘nggi yirik transfer ekanligini tushunmoqda. 

Avvalroq Kataloniya klubining yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman Suaresga umid bog‘lamagani, hujumchi esa «Yuventus» bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi. 
Suares «Barselona»da 2014 yildan beri o‘ynaydi. U o‘tgan mavsumda klublar miqyosidagi barcha turnirlarda 36ta o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 10ta golga assistentlik qildi.
85   
Добавить комментарий
Ваше имя: *