Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Lion" yetakchisiga APLning ikki grand klubi qiziqmoqda

"Lion" yetakchisiga APLning ikki grand klubi qiziqmoqda

Автор: admin

Fransiyaning "Lion" klubi yarim himoyachisi Ussem Auar yozgi transfer yopilguniga qadar Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Mirror nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, fransilik yarim himoyachi uchun "Manchester Siti" va "Arsenal" klublari jiddiy kurash olib bormoqda. Auarni o‘z jamoasi safida ko‘rishni Xosep Gvardiola va Mikel Artetalar xohlamoqda.
Auarning transfer narxi 49,5 million yevro atrofida baholanmoqda.
Yakuniga yetgan mavsumda Auar "Lion" tarkibida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol kiritdi va 10 ta golga assistentlik qildi. Hozirda u koronavirusga chalingan va davolanish bilan band.
97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *