
Yarimhimoyachi Raja Nainggolan yangi mavsumni «Inter»da o‘tkazadi, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko‘ra, «neradzurri» 32 yoshli belgiyalik xavbekni ijaraga olmoqchi bo‘lgan «Galatasaroy» bilan hech qanday muzokara olib bormayapti.
«Kalyari» prezidenti Tommazo Julini esa «Inter» rahbariyati yarimhimoyachini saqlab qolishni maqsad qilganini xabar qildi.
Ma’lumot uchun, Nainggolan o‘tgan mavsumni «Kalyari»da ijarada o‘tkazib, 26ta o‘yinda 6ta to‘p kiritgan.