Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp: «O‘zimizni «Chelsi» kabi tuta olmaymiz»

Klopp: «O‘zimizni «Chelsi» kabi tuta olmaymiz»

Автор: admin

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp mersisaydliklarning transferlar oynasidagi sust ishtiroki sababini aytdi.
«Barcha klublarda vaziyatlar turlicha. Biz noaniqlik davrida yashayapmiz.
Ba’zi klublarga kelajak qanchalik noaniq bo‘lishi muhim emas, chunki ular mamlakatlar va oligarxlarga tegishli. Bu haqiqat.
«Liverpul» – boshqa klub. 2 yil avval Chempionlar Ligasi finaliga chiqdik, keyingi yili g‘olib bo‘ldik, so‘ng Premer-ligani yutdik. Muhimi, jamoa tarkibini saqlab qoldik.
«Liverpul» bir kecha-kunduzda hammasini o‘zgartira olmaydi va «Endi biz «Chelsi» kabi harakat qilamiz» deb e’lon bermaydi.
Doim tarkibni kuchaytirishni xohlaymiz, ammo turli yo‘llar mavjud. Ulardan biri – yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolash, ikkinchisi – birgalikda ishlash, mahoratni yaxshilash va kamchiliklarni yo‘q qilishga urinish. Bu futbol», – deya Kloppning so‘zlarini keltiradi BBC.
77   
Добавить комментарий
Ваше имя: *