Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Inter" o‘z futbolchisini "Barselona"ga sotishni istamadi

"Inter" o‘z futbolchisini "Barselona"ga sotishni istamadi

Автор: admin

Soccerlink portalining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Italiyaning "Inter" klubi o‘zining markaziy himoyachisi Stefan De Vreyni Kataloniyaning "Barselona" klubiga sotishni istamadi.
Niderlandiyalik futbolchini kataloniyaliklarning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoaga olib kelmoqchi bo‘lgandi. Chunki, ular Niderlandiya terma jamoasi orqali bir-birlari uchun juda yaxshi tanish. Biroq, Arturo Vidal borasida ikki klub muzokara olib borayotgan bo‘lishiga qaramay, "Inter" rahbariyati niderlandiyalik futbolchining transferi borasida rad javob berdi. Kataloniyaliklar Vidalga qo‘shimcha sifatida mablag‘ ham taklif qilishgandi, ammo, "neradzurrilar" chililik futbolchini shundoq ham olishga ko‘zi yetayotganini bildirishdi.
50   
Добавить комментарий
Ваше имя: *