Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Van Gal Depayning «Barsa»ga o‘tishi haqida: «U iqtidorli, ammo Messi yoki Ronaldu darajasida emas»

Van Gal Depayning «Barsa»ga o‘tishi haqida: «U iqtidorli, ammo Messi yoki Ronaldu darajasida emas»

Автор: admin

«Manchester Yunayted» va Niderlandiya milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Lui van Galning fikricha, Memfis Depay «Barselona»ga o‘tgan taqdirda ham moslashish jarayoni oson kechmaydi.
«Depay – serqirra o‘yinchi, ammo uning yangi jamoa va yangi muhitga moslashishi oson kechmasligini yoddan chiqarmaslik kerak. Matteys de Ligt va Frenki de Yong ham bir yilda hali to‘liq moslasha olgani yo‘q. Depay iqtidorli futbolchi, ammo Messi yoki Ronaldu darajasida emas», - deya van Galning so‘zlarini keltirmoqda Tuttomercatoweb.
Avvalroq, «Lion» hujumchisining «Barselona» bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgani va endi «Barsa» fransuz klubi bilan transfer summasi masalasida kelishuvga erishishi kerakligi haqida xabar qilingandi.
87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *