Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lempard «Chelsi»ning APL chempionligi uchun kurashdagi imkoniyati haqida gapirdi

Lempard «Chelsi»ning APL chempionligi uchun kurashdagi imkoniyati haqida gapirdi

Автор: admin

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard Angliya Premer-ligasi starti oldidan londonliklarning chempionlik uchun kurashdagi imkoniyati haqida gapirdi.
«Aslida jamoamning imkoniyati haqida men emas, jurnalistlar yoki ekspertlar gapirishi to‘g‘riroq bo‘lardi. Chempionlik uchun kurashda eng avvalo «Siti» va «Liverpul» bilan oradagi farqni kamaytirishimiz kerak. O‘tgan yilgidek katta farq bo‘lmasligi lozim.
«Jarohatlar? Ziyosh tizzasidan jarohat olgan va u dastlabki turda «Brayton»ga qarshi o‘ynay olmaydi. Uning tez orada safga qaytishiga umid qilayapmiz. 
Yana bir xaridimiz Ben Chiluell ham sport formasini tiklamoqda, ammo u ham o‘yinga tayyor holatda bo‘lmaydi. Tiago Silva Londondagi mashg‘ulotlarimizda ishtirok etmoqda, biroq hali shay emasligi tufayli maydonga tushmaydi», - deydi Lempard.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» APL 1-turida 14 sentyabr kuni «Brayton»ga qarshi maydonga tushadi.
90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *