Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Modrich: «Ronaldu – qoyilmaqom futbolchi, ammo endi «Real» bir o‘yinchiga bog‘liq emas»

Modrich: «Ronaldu – qoyilmaqom futbolchi, ammo endi «Real» bir o‘yinchiga bog‘liq emas»

Автор: admin

«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich sobiq jamoadoshi, hozirda «Yuventus»da o‘ynayotgan hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
«Krishtianu bilan o‘ynash aql bovar qilmasdi. Biz ajoyib 7 yilni birga o‘tkazdik, klub u bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Ishlarimiz yomon bo‘lganida, Krishtianu o‘z mahorati, xohishi va xarakteri bilan o‘yin natijasini hal qilardi.
Ronaldu ketgach, biz ko‘proq jamoaviy futbol o‘ynashimiz kerak edi. Ammo qiyin vaziyatlarda jamoaga sehr qo‘shadigan o‘yinchi kerak bo‘ldi, buni doim u bajarib kelgandi.
U 2 yildan buyon biz bilan emas. Endi bir jamoadek harakat qilyapmiz, ixchamroq o‘ynayapmiz. Maydonda yanada birlashdik. Biz bir o‘yinchiga bog‘liq emasmiz, hozir bu – bizning eng muhim sifatimiz», – deya Modrichning so‘zlarini keltiradi The Times.
150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
La Liga Ispaniya chempionatidagi so'ngi yangiliklar Barselona haqidagi muhim yangiliklar Real Madrid bomba transferlari haqida Eng so;ngi El klassikolar haqida ma'lumotlar Ispaniya chempionatidagi yangiliklar La Liga klublari Atletiko Madrid Real Madrid Barselona Villareal Ispaniy kubigi Ispaniya kubigi Copa del Rey