Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » PSJ "Roma" futbolchisi uchun 500 ming evro to‘laydi

PSJ "Roma" futbolchisi uchun 500 ming evro to‘laydi

Автор: admin

U Parijga keldi.
“Roma” himoyachisi Alessandro Florentsi yangi mavsumni PSJda o‘tkazadi. Bu haqda La Roma Siamo Noi nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Frantsiya chempioni 29 yoshli italiyalik futbolchini 500 ming evro evaziga bir yilga ijaraga oladi. Ushbu kelishuvga ko‘ra PSJ keyinchalik Florentsni 9 million evro evaziga sotib olish huquqiga ham ega bo‘ladi.
Bugun Alessandro tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Parijga etib keldi. Ertaga u PSJ safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi.
Florentsi o‘tgan mavsumni “Valensiya” safida ijarada o‘tkazgan edi. U “ko‘rshapalaklar” safida La Ligada 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.
84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *