
«Milan» hujumchi Andre Silvaning jamoadan ketganini ma’lum qildi.
25 yoshli portugaliyalik futbolchi «Ayntraxt»ga o‘tdi. Nemis klubi matbuot xizmatining yozishicha, forvard bilan 3 yillik shartnoma imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, Silva o‘tgan mavsumni ham «Ayntraxt»da o‘tkazgan. Ijarada harakat qilgan hujumchi Bundesliga doirasida 25ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol va 4ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.