
Fransiya chempionatining 2-turida «PSJ» safarda yuqori divizionga qaytgan «Lans» bilan bahs yuritib, minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi. Ganagoning goli mezbonlarga amaldagi chempion ustidan g‘alaba keltirdi.
Ushbu o‘yinda poytaxtliklarga Neymar, Mbappe, Di Mariya, Paredes, Navas, Ikardi kabi yetakchilar koronavirusdan davolanishayotgani uchun yordam bera olishmadi.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ»ning 1-turdan o‘rin olgan o‘yini jamoaning Chempionlar Ligasidagi ishtiroki bois qoldirilgan.
Liga 1, 2-turLans – PSJ 1:010 sentyabr, «Bollart-Delelis»Gol: Ganago (57).
Lans – Leka, Silla (Bura, 84), Bade, Gradi, Mishlen, Dukure (Mauritsio, 83), Pires, Kakuta (Kayuzak, 71), Medina, Ganago (Jan, 71), Banza (Sotoka, 65).
PSJ – Bulka, Kurzava, Bernat (Bakker, 84), Kimpembe, Kerer, Verratti, Errera, Guye, Sanabiya, Ruis-Atil (Dagba, 68), Kalimuendo (Xese, 74).
Ogohlantirishlar: Sanabiya (38), Dukure (44), Sotoka (70), Bernat (78).