
«Fulhem» o‘z rasmiy saytida «Lion» himoyachisi Kenni Teteni sotib olganini e’lon qildi.
London klubi 24 yoshli niderlandiyalik bilan 4 yillik bitim imzoladi. Shartnomada uni yana bir yilga uzaytirish mumkinligi ko‘zda tutilgan. Transfer qiymati oshkor qilinmadi.
Avvalroq Tetega Moskvaning «Spartak» klubi qiziqayotganligi, «qizil-oqlar» himoyachi uchun 5 mln yevro to‘lash borasida kelishuvga erishishgani xabar qilingandi.
![]()
Tete «Ayaks» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U «Lion»ga 2017 yili 4 mln yevroga o‘tgan. Kenni o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatida 18ta bahsda maydonga tushib, 1ta golga assistentlik qilgan.