Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Suares qaysi klubga o‘tishni xohlayotgani ma’lum

Suares qaysi klubga o‘tishni xohlayotgani ma’lum

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Luis Suares kataloniyaliklar safini tark etsa ham, Ispaniyada qolishi mumkin.
Cuatro'ning xabariga ko‘ra, 33 yoshli urugvaylik futbolchi «Atletiko»ga o‘tmoqchi. Hujumchiga «matraschilar» bosh murabbiyi Diyego Simeonening shaxsan o‘zi qiziqmoqda. Ammo ushbu transferga Suaresning yuqori maoshi xalaqit qilishi mumkin.
Avvalroq Suaresga asosiy nomzod sifatida «Yuventus» aytilayotgandi, ammo Luis Turin klubi bilan muzokaralarni to‘xtatdi.
Hujumchi «Barselona»da 2014 yildan beri o‘ynaydi. U o‘tgan mavsumda «ko‘k-anorranglilar» safida barcha turnirlar doirasida 36ta o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 10ta golga assitentlik qildi.
98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *