Goal24.uz » Yevropa jamoalari » «Chelsi» Kanteni Eriksen va Brozovichga o‘zaro almashish bo‘yicha «Inter» taklifini rad etdi

«Chelsi» Kanteni Eriksen va Brozovichga o‘zaro almashish bo‘yicha «Inter» taklifini rad etdi

Автор: admin

«Chelsi» «Inter» klubidan tushgan taklifni rad etdi, deya xabar bermoqda Daily Mail.
Manbaning yozishicha, Italiya klubi londonliklar yarimhimoyachisi N'golo Kante uchun ikki futbolchisi Kristian Eriksen va Marselo Brozovichni taklif qilgan. Biroq «Chelsi» taklifni rad etib, fransiyalik tayanch yarimhimoyachisini o‘z safida qoldirishini bildirgan. 
O‘z o‘rnida London klubi italiyalik yarimhimoyachi Jorjino transferga qo‘yilishi, agar taklif tushsa bu borada muzokara olib borilishini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Kante 2019/2020 yilgi mavsumda «Chelsi» safida 22 o‘yinda maydonga tushib, 3ta golga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali futbolchini 80 mln yevroga baholagan.
64   
Добавить комментарий
Ваше имя: *