Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «So‘g‘diyona» Zominda «Mash’al»ga yutqazib qo‘ydi

Superliga. «So‘g‘diyona» Zominda «Mash’al»ga yutqazib qo‘ydi

Автор: admin

Superliga 14-turi doirasida Zominda o‘tkazilgan «So‘g‘diyona» va «Mash’al» o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
Uchrashuvning 75-daqiqasida muborakliklar yarimhimoyachisi Sirojiddin Qo‘ziyev tomonidan chamasi 35 metrlardan yo‘llangan zarba Mitrovich darvozasidan o‘rin oldi.
Ushbu chiroyli gol Muborak jamoasiga Jizzax klubi ustidan muhim g‘alabani taqdim etdi. Natijada Dilyaver Vaniyev shogirdlari turnir jadvalida 19 ochko bilan 8-o‘rinda qolishdi, 9-o‘rindagi «So‘g‘diyona» esa 16 ochko bilan «Mash’al»dan o‘zib ketish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.
Superliga. 14-tur
«So‘g‘diyona» – «Mash’al» - 0:1
11 sentyabr. Zomin.

Bosh hakam: Ahrol Risqullayev
Gol: Sirojiddin Qo‘ziyev 75, - 0:1.
«So‘g‘diyona»: 27. Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 3.Iskandar Shayqulov (20.Bahodir Nasimov, 80), 7.Sanjar Rashidov (21.Sahob Rashidov, 66), 10.Shohruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov, 12.San’at Shixov (22.Shahboz Jo‘rabekov, 66), 14.Daniel Nasriddinov (8.Jamshid Boltaboyev, 46), 18.Shavkat Mullajonov, 19.Javohir Qahramonov, 93.Marko Kolakovich. 
«Mash’al»: 35. Rahim Davronov, 5. Najmiddin Normurodov, 7. Ifeani, 9. Nikita Pavlenko (11. Mo‘min Meliyev, 77), 10. Sherzod Temirov, 17. Jamoliddin Ubaydullayev, 18. Abbos Shodmonov, 19. Sardor Abduraimov (8.Ibe Okoro, 68), 22. Sirojiddin Qo‘ziyev, 23.Samandar Shukurullayev, 29. Humoyun Murtozayev (27.Sardor Eminov, 77).
59   
Добавить комментарий
Ваше имя: *