Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
«Verder» futbolchisi nishonda

Bremenning «Verder» klubi futbolchisi Milot Rashis faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
"BILD" nashrining ma’lum qilishicha, «Aston Villa» jamoasi kosovalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Birmingem klubi 24 yoshli futbolchi uchun 18 million evro sarf etmoqchi.
«Chelsi» Mendiga «yaqinlashdi»

Londonning «Chelsi» klubi «Renn» kipperi Eduara Mendi bilan shartnoma imzolashga juda yaqin turibdi.
Bu haqida Fabrisio Romano ma’lum qilmoqda.
Jurnalistning aytishicha, «Chelsi» tez orada darvozabon borasida fransuz klubini to‘liq qanotlantiruvchi taklifni yuboradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, darvozabon allaqachon «Chelsi» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
«Liverpul» uni nishonga oldi

Angliyaning «Liverpul» jamoasi «Borussiya Dortmund» yarim himoyachisi – Jovanni Reyna bilan shartnoma imzolash niyatida
Mirror nashrining ma’lum qilishicha, «Liverpul» 17 yoshli AQSHlik futbolchi bilan muzokaralarga kirishgan.
Eslatib o‘tamiz, Jovanni ushbu mavsumda Bundesliganing 18 ta o‘yinida maydonga tushdi.
«Yuventus» uni qaytarmoqchi

Turinning «Yuventus» jamoasi markaziy hujumchi izlashda davom etmoqda.
«Sky Sport» nashrining ma’lum qilishicha, jamoa «Everton»ga sotib yuborilgan Moyze Kinni ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, «Everton» o‘z futbolchisini sotib olish sharti bilangina Turinga qo‘yib yubormoqchi.
«Bo‘rilar»ga davom etadi

Angliyaning «Vulverhempton» klubi yana bir portugaliya chempionati futbolchisini qo‘lga kiritish uchun harakat qilmoqda.
"Daily Mail" nashrining ma’lum qilishicha, klub nishonida «Portu» vingeri Xesus Korona turibdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, APL klubi meksikalik futbolchi uchun 22 million funt taklif qilgan, biroq «ajdarlar» o‘z futbolchisini 27 million funtdan kamiga sotmoqchi emas.
121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *