Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp APL debyutanti haqida fikr bildirdi

Klopp APL debyutanti haqida fikr bildirdi

Автор: admin

12 sentyabr kuni "Liverpul" klubi APLning 1-tur doirasida oradan 16 yil o‘tgach Premer-ligaga qaytgan «Lids» klubini qabul qiladi.
Ushbu uchrashuv oldidan germaniyalik murabbiy bo‘lajak raqiblari haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
«Ular hujumkor o‘yin namoyish etishadi deb o‘ylamayman. Lekin ular chempionatga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi, ajoyib himoyaga ega jamoa sanaladi. Ular muammoga duch kelishadi, chunki Premyer-liganing hayoti Chempionshipdan farq qiladi, ammo ular APLga ko‘nikib olishga vaqt topishadi. Ushbu musobaqa ularga juda mos keladi, endi ularda o‘z potensiallarini to‘liq namoyish etish imkoniyati bor.
Barcha chempion bo‘lishni xohlaydi. Biz nihoyatda kuchli jamoalarga qarshi o‘ynashimiz kerak, shuning uchun bunday o‘yinlarni qanday o‘tkazish o‘zimizga bog‘liq», - Kloppning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.
80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *