Goal24.uz » Transfer » “Arsenal” o‘z futbolchisini sotadimi?

“Arsenal” o‘z futbolchisini sotadimi?

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
«Tottenhem»ga hujumchi kerak

Londonning «Tottenhem» jamoasi o‘z tarkibini «Napoli» hujumchisi Arkadiush Milik bilan kuchaytirib olmoqchi.
“Evening Standart” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, shaxsan Joze Mourinyo polyakni jamoada ko‘rishni istamoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, «Napoli» o‘z futbolchisini 30 million yevroga evaziga qo‘yib yuborishga tayyor, biroq «shporlar» bu summani kamayrish borasida ish olib bormoqda.
Todibo qoladimi?

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi Jan-Kler Todibo faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
“Mundo Deportivo” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, fransuz bilan «Lester» va «Everton» jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, 20 yoshli himoyachi uchun ingliz klublari 25-35 million yevro atrofida taklif qilmoqchi.
Depay Kataloniyada?!

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi Ronald Kumanning talabiga binoan Memfis Depayni sotib olish borasida ish olib bormoqda.
“Mundo Deportivo” nashrining ma’lum qilishicha, «Barselona» o‘tgan mavsumni «Betis» tarkibida ijarada o‘tkazgan Emersonni «Lion»ga taklif qilish orqali transfer summasini 25 million yevroga qadar kamaytirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Emerson markaziy himoyadagi raqobat sababli «Barselona» tomonidan o‘tgan mavsumni «Betis»da o‘tkazdi va 33 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Yarmolinka Xitoyda?!

«Vest Hem» jamoasi hujumchisi Andrey Yarmolenko faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.
“Sky Sport” nashrining ma’lum qilishicha, ukrainalik futbolchi bilan «Shandon Lunin» jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa bosh murabbiyi – Devid Moyes Andreyni o‘z rejalariga kiritmagan. Shu sababli, futbolchi katta ehtimol bilan yangi mavsumni Osiyoda boshlaydi.
Arsenal” o‘z futbolchisini sotadimi?

Londonning “Arsenal” jamoasi darvozaboni Emilio Martines APLning boshqa klubiga o‘tishga qaror qildi.
Argentina nashrlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, kipper “Aston Villa” bilan muzokaralarga kirishgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, darvbozabon “Arsenal”ga sovrin yutishda yordam berganiga qaramay hali-hamon ikkinchi darvozabon ekanligidan norozi bo‘lmoqda. Shu sababli, shu haftada klubini o‘zgartirishga qaror qilgan.
129   
Добавить комментарий
Ваше имя: *