×

Goal24.uz » Jahon » Iguain yangi klubi bilan shartnoma imzolash uchun AQSHga yetib bordi

Iguain yangi klubi bilan shartnoma imzolash uchun AQSHga yetib bordi

Автор: admin

«Yuventus» hujumchisi Gonsalo Iguain faoliyatini AQSHda davom ettiradigan bo‘ldi, deya yozmoqda ESPN.
Argentinalik 32 yoshli hujumchi yangi klubi «Inter Mayami» bilan shartnoma imzolash uchun Mayamiga yetib bordi.
«Jahon darajasidagi hujumchi va chempion Gonsalo Iguainni katta xursandchilik bilan kutib oldik», deya yozadi futbolchini aeroportda kutib olgan klub boshqaruv raisi Xorxe Mas.
Avvalroq, Iguainning Turin klubi bilan amaldagi shartnomani o‘zaro bekor qilgani va MLS klubi safiga erkin agent sifatida qo‘shilishi haqida xabar berilgandi. Argentinalik forvardga Angliyaning «Nyukasl» va «Fulhem» klublari ham da’vogarlik qilgandi.
Gonsalo «Yuventus» safida 149 o‘yinda maydonga tushib, 66ta gol va 16ta assistga mualliflik qilgan. U A Seriyada uch karra chempionlikni qo‘lga kiritish bilan birga ikki karra mamlakat kubogi sohibiga aylangan.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *